Xivada Prezident maktabi qurilishi boshlandi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 20 fevraldagi “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Xorazm viloyati Xiva shahrida Prezident maktabi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimligi mutasaddilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, iste’dodli o‘g‘il-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish borasidagi ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

20 avgustga qadar qurib bitkazilishi belgilangan mazkur ta’lim maskaniga umumta’lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalari asosida saralab olinadigan 144 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

037b3754-d9b9-4bce-9e46-aa2ab6a78396.jpg

5780e3ab-5019-48ea-af31-90a42b901163.jpg