Xususiy dorixonalar dorilarni o‘zlari istagan narxda sotishi mumkinmi?
- 16.07.2020 18:49
- 199
- Salomatlik
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatovaning ta’kidlashicha:
⚡️ Dori-darmonlarga narx belgilashda ulgurji realizatsiya uchun – sotib olinish narxidan 15 foizdan ortiq bo‘lmagan, chakana realizatsiya uchun - ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda amalga oshirilishi belgilangan.
📎 Asos — Prezidentning 2016 yil 31 oktyabrdagi 2647-son “Aholini dori vositalari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
💰 Shuningdek, chetdan olib kelinadigan va mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand