Tayloqdagi noqonuniy dorixonadan 200 turdagi dori vositalari musodara qilindi
- 19.08.2020 11:40
- 215
- Salomatlik
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Tayloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda yana bir noqonuniy dorixona fosh etildi.
Aniqlanishicha, fuqaro M.F. o‘z uyida noqonuniy dorixona tashkil etib, qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan bo‘lgan. “Tadbirkor”dan 200 turdagi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Aniqlangan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bir muddat avval tayloqlik fuqaro dori vositalarini ko‘cha savdosi bilan bog‘liq holatda qo‘lga olingandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi.
Teglar:
dorixona
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand