Yangi agentlikka agrar sohadagi muhim vazifalar topshirildi
Prezident qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar karantin va himoyasi agentligi tashkil etildi.
Maqsad - o‘simliklarni zararli organizmlardan ishonchli himoya qilish, o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan ko‘rib chiqish.
2021-2024 yillarda sohani rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" va o‘simliklar karantin himoyasi tashkiliy tuzilmalari reja tizimini takomilashtirish belgilandi. Zararli organizmlarga qarshi kurashning uyg‘unlashgan samarali usullarini belgilash hamda ijrosini nazorat qilish monitoring olib borish iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan zararli organizmlarni viloyatga kirib kelishini va tarkalishini oldini olish hamda yo‘q qilish vazifalari qo‘yildi.
Shuningdek, tuproq agrokimyoviy tahlillarni o‘tkazish, agrar tarmoqda ishlatiladigan barcha turdagi mineral va mikrobiologik o‘g‘itlar sifatini nazorat qilish, tuproq va qishloq xo‘jalik mahsulotlari tarkibidagi pestitsid nitrad va og‘ir metall tuzlari qoldiqlarini dala shoroitida radiologik –toksikologik tahlilardan o‘tkaziladi. O‘simliklar klinikalari va biolabaratoriyalar tizimini rivojlantirish hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika o‘quv ishlab chiqarish biolabaratoriyasi, Biosifat markaziy laboratoriyasi tashkil etiladi.
O‘simliklarni himoya kilishning yaxlit tizimi yaratilyotganligi va ushbu tizimning foliyati birinchi navbatda o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklari tarqalishini oldini olishga qaratilgan. Shu bois, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni taminlash bilan bog‘liq manzarali va mevali daraxtlar butalar hamda gullarni zararli organizmlardan himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bu bilan import va tranzit karantin ruxsatnomalari xalqaro ichki va reeksport fitosantariya sertifkatlari transport birligini ochish va karantin ko‘rigi dalolatnomasi rasmiylashtirishni zararlantirish ishlarini amalga oshirishni nazorat qilish tizimi yaratildi.
Akram Fozilov,
viloyat o‘simliklar karantini
va himoyasi agentligi axborot xizmati.