Shirasiz hosil yetishtirish mumkinmi?
- 13.09.2020 22:10
- 276
- Maslahat
Issiqxonada shiralarning ikki turi katta zarar keltiradi: poliz shirasi va akatsiya shirasi. Bu shiralar bilan zararlangan o‘simlik barglari bujmayadi, o‘sish sekinlashadi va hosildan qoladi. Bu turdagi shiralar o‘simlik bargining orqasiga joylashib, tayyor ozuqa moddalarini so‘rib oziqlanadi. Bu shiralarda shunday odat borki, erta bahordan to kech kuzgacha tirik lichinka tug‘ib ko‘payadi va kech kuzda qishlab qolish uchun 4-5 tadan tuxum qo‘yadi. Shu sababli ham shiralar bir mavsumda 16-18 marta avlod beradi.
Unga qarshi kimyoviy kurashda 2,5 foiz “Detsis”, “Bi 58” yoki 20 foizli “Konfidor” qo‘llaniladi. “Aktellik” 50 foiz va “Karbofos” 0,2 foizli hamda “Karate”ning 0,1 foizli eritmalarini purkash ham yaxshi samara beradi.
Akram FOZILOV,
viloyat o‘simliklar karantini
davlat inspeksiyasi axborot xizmati.