Bulung‘urda agrar sohasida 95 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi

“O‘zagroinspeksiya”ning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan 2020 yilda  303 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Natijada 95 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi. Xususan, yer qonunchiligi ijrosi yuzasidan 13 ta holatda, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish yuzasidan 26 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 8 million 28 ming so‘mlik jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlar bo‘yicha jami 17 ta materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Sohalar bo‘yicha aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha 86 ta ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha qarorlar qabul qilinib, 24 million 307 ming so‘m jarima qo‘llanilib, 22 million 100 ming so‘m mablag‘ undirildi.

Bulung‘ur tumani hokimligiga qabul qilingan qarorlar bo‘yicha 1 ta holatda yerga yetkaziladigan zarar undirilmaganligi hamda 4 ta holatda fermer ho‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ijaraga berilgan yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari bo‘yicha taqdimnomalar kiritildi.

Faoliyat yurituvchi 166 ta fermer xo‘jaliklari va 16 ta tashkilotlarga jami 182 ta, jumladan, don urug‘larini yetishtirish bo‘yicha 63 ta, qayta ishlash sohasida 22 ta, agrotexnika tadbirlari yuzasidan 69 ta, chorvachilik yo‘nalishida 9 ta, suv nazorati bo‘yicha 14 ta, yerlardan foydalanish bo‘yicha 3 ta va boshqa sohalarda 2 ta ogohlantiruvlar berildi.

Lutfullo Boboqulov,

“O‘zagroinspeksiya” Bulung‘ur tumani bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.