Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yangi kitob: “Tong tarovati"

Bobonor Nortojiyev asli paxtachilik. Tumandagi 9-maktabda o‘qigan va matematika muallimi sifatida shu yerda mehnat faoliyatini boshlagan.

Keyinchalik nafaqaga chiqqunga qadar Navoiy viloyatida xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatdi.
O‘zining 70 yoshini qarshi olayotgan B.Nortojiyev badiiy ijod bilan ham shug‘ullanadi. Uning uchta she’riy kitobi chop etilgan. Muallifning navbatdagi to‘plamiga kirgan she’rlar ham sizni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.
Darvoqe, bugun B.Nortojiyev O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilindi. Ijodkor muallimni ushbu yutuq bilan tabriklab, jo‘shqin ijodiy kayfiyat tilaymiz.