Yangiobodliklar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
- 29.01.2019 11:23
- 73
- Salomatlik
Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Davronbek Jumaniyozov Samarqand shahridagi Shirin mahallasining yangi tashkil etilgan Yangiobod guzari ahli va faollari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida boshqarma boshlig‘i mazkur hudud aholisiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash bo‘yicha shahar tibbiyot birlashmasi rahbariyatiga tegishli topshiriqlar berdi.
Ayni vaqtda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi hamda oilaviy poliklinikalar jamoalari tomonidan guzardagi 189 ta xonadon xatlovdan o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 1 fevralidan ushbu guzarda istiqomat qiluvchi 1000 nafarga yaqin aholi viloyat va shahar tibbiyot muassasalari kesimida tashkil etilgan tor soha mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi rejalashtirildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa