Yaponiyalik milliarder Oyga uchmoqchi
- 03.03.2021 16:24
- 54
- Xorij
Amerikaning SpaceX kompaniyasining birinchi kosmik sayyohi bo‘ladigan yapon milliarderi Yusaku Maedzava o‘zi bilan birga Oyga uchish uchun sakkiz kishi yig‘moqda. Bu haqda tadbirkor Twitteragi sahifasida joylashtirilgan videomurojaatida aytdi.
«Men ushbu missiyada ishtirok etishga jamoa yig‘yapman. Menga buning uchun butun dunyodan sakkiz kishi kerak. Ushbu sayohatda 10-12 kishi ishtirok etadi, men o‘zim tomonidan sakkiz kishini taklif qilaman", dedi u.
Biznesmenning so‘zlariga ko‘ra, u bilan birga uchadigan har bir kishi ikkita mezonga javob berishi kerak: ular Yerdagi faoliyati to‘g‘risida aytishi va jamoada ishlashga tayyor bo‘lishi kerak. Oyga parvoz 2023 yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Oyga uchadigan birinchi sayyoh Maedzava bo‘lishi haqida 2018 yil 18 sentyabrda ma’lum bo‘ldi. 2020 yil yanvar oyida u parvoz uchun hamroh qiz topish umidida tanlov e’lon qilgan edi.
G.Xoldorova tayyorladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 1 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa