Yaponiya Imperatori Abdulaziz Komilovni oliy darajadagi orden bilan mukofotladi
- 08.11.2023 15:49
- 111
- Xorij

Yaponiya Imperatori Naruxito O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilovni “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan mukofotladi. Mukofot A.Komilovga Imperatorning Tokiodagi qarorgohida tantanali tarzda topshirilgan.
“Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni - Yaponiyaning eng qadimiy mukofotlaridan biri hisoblanib, A.Komilovga davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi uchun berildi.
Ordenni Yaponiya imperatori Naruxito bosh vazir Fumio Kishido ishtirokida topshirdi. Orden Yaponiyadagi eng qadimgi (1875 yildan beri beriladi) va mamlakatning eng oliy mukofoti hisoblanadi.
Teglar:
Япония
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Taqdirmi yo tantiqlikning to‘lovi?
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Tramp va Putin: Alyaskadagi uchrashuv qanday o‘tdi?
- Kecha, 12:59
- Xorij
Mustaqillikka 34 yil: Vatan va Vijdon
- Kecha, 11:59
- Ta’lim