Yaponiyada yirik to‘fon kuzatilmoqda: 264 ta aviareys bekor qilingan
- 31.07.2023 15:57
- 18
- Xorij
Mamlakat janubiga o‘ta kuchli 6-raqamli "Kanun" to‘foni yaqinlashishi sababli dushanba va seshanba kunlari kamida 264 ta reys bekor qilingani haqida NHK xabar berdi.
To‘fon janubi-sharqdan Yaponiyaning eng janubiy Okinava prefekturasi orollari va Kagosima prefekturasining Amami arxipelagiga qarab harakatlanmoqda. Seshanba va chorshanba kunlari shiddatli shamol yirik boshqa orollarga yetib borishi kutilmoqda.
JAL (Japan Airlines Corporation) dushanba kuni Okinava va Kagosima prefekturalariga uchish va qo‘nish bilan 67 ta reysni bekor qilgan. ANA (All Nippon Airways) dushanba kuni ushbu yo‘nalishdagi 73 ta reysni va seshanba kuni yana 124 ta reysni bekor qilganini e’lon qilgan.
Kun davomida bekor qilingan reyslar soni ortishi kutilmoqda.
Hozirda "Kanun" to‘foni kuchli deb baholanmoqda, shamol tezligi sekundiga 40 metr, kechga yaqin bundan ham kuchayishi bashorat qilinmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa