Yaponiya janubi-g‘arbida yarim milliondan ortiq odam evakuatsiya qilinmoqda
- 03.07.2023 09:53
- 124
- Xorij
Bugun Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Kyusyuda kuchli jala tufayli 587 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilish haqida buyruq berilgan.
Yaponiya meteorologiya agentligi Fukuoka, Saga, Kumamoto, Oita, Miyazaki va Yamaguti prefekturalarining bir qismida ko‘chkilar sodir bo‘lishi haqida ogohlantirgan.
Kumamoto prefekturasi rasmiylarining aytishicha, ertalab soat 10:00 holatiga ko‘ra, Shirakava va Mifune daryolarida suv sathi toshqin darajasidan ko‘tarilgan. Kumamoto prefekturasining Yamato shahridagi kichik daryo ustida 37 metrli beton ko‘prik qulagan.
Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Teglar:
Япония
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Dunyodagi eng qimmat kitob
- Kecha, 19:40
- O'qing, qiziq!
Ibratli voqea: Noshukurlik
- Kecha, 19:36
- Mutolaa
Antaliyada noyob sarkofag topildi
- Kecha, 12:48
- Xorij
Muallim nega mulzam bo‘ldi?
- Kecha, 12:45
- Ta’lim