Yaqin Sharqdagi ziddiyat: so‘nggi ma’lumotlar qisqa satrlarda
▪️ Falastinning HAMAS harakati Isroil bilan sulhni muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qildi, biroq janglar davom etar ekan, garovga olinganlar taqdiri bo‘yicha muzokaralar olib borish niyatida emas. Ikki fuqarolikka ega o‘nlab odamlar garovda saqlanmoqda.
▪️ Isroil harbiylari HAMAS harakatining harbiy ob’yektlari va tunnellariga, shuningdek, G‘azo sektori ob’yektlariga havo va dengizdan zarbalar berishda davom etmoqda.
▪️ “Biz Falastinni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ammo bu urushga qarshimiz”: Ramzan Qodirov Yaqin Sharqqa “tartibni tiklash uchun” chechen jangchilarini yuborishni taklif qilmoqda.
▪️ Isroil matbuoti xabarlariga ko‘ra, mamlakatda uch kunlik to‘qnashuvlar davomida kamida 900 kishi halok bo‘lgan, yana 2400 kishi jarohatlangan. Falastin rasmiylarining xabar berishicha, Isroil Mudofaa kuchlarining javob zarbalari natijasida G‘azo sektorida 687 kishi halok bo‘lgan, yana 3800 kishi yaralangan.
▪️ Delta Airlines aviakompaniyasi oktyabr oyi oxirigacha Tel-Avivga barcha reyslarni bekor qilgan.
▪️ Netanyaxu Baydenni G‘azo sektoriga qo‘shin kiritish muqarrarligi, quruqlikdan operatsiya boshlash haqida ogohlantirmoqda.
▪️ Falastin prezidenti Abbosning Rossiyaga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
▪️ Oq uy Kongress ikkala tashabbusni birdaniga ma’qullashi uchun Isroil va Ukrainaga yordamni bir qonun loyihasiga bog‘lash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Yaqin kunlarda Qo‘shma Shtatlar Isroilga yangi harbiy yordamni e’lon qiladi. Qurolli mojaro avj olgandan beri Isroilda kamida 11 amerikalik halok bo‘ldi, dedi Bayden.
▪️ Rasmiylar Tel-Aviv aholisini oziq-ovqatni 72 soatga yetadigan qilib zaxira qilishni maslahat bergan. Aholi suv va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ommaviy ravishda sotib olmoqda.