Deputat kam ta’minlangan oilalarni non mahsulotlari bilan ta’minlayapti

Payariq tumanidagi “Begzod invest” MChJ rahbari, partiya faoli Jahongir Mamasoliyev hududdagi kam ta’minlangan oilalarga 2000 dona qolipli non mahsulotlarini bepul tarqatdi. Shuningdek, tuman markazidagi 4 ta mahallada yashovchi 16 ta kam ta’minlangan oilalarni kunlik 4 tadan bepul non mahsulotlari bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘ydi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Elyor Hamroyev Urgut tumani aholisiga 2000 dona niqob ulashdi. Shuningdek, tumandagi 50 ta kam ta’minlangan oilaga qolipli non tarqatdi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyati kengashi matbuot xizmati.