“Human”dan jabrlanganlarning 872 nafari o‘z pullarini oldi

“Human” xususiy bandlik agentligi tomonidan amalga oshirilgan jinoiy harakatlar oqibatida jabr ko‘rgan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni qoplash maqsadida mamlakatimiz hududlarida MIB, “Ipotekabank” hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilib, ularga mablag‘larini qaytarib berish boshlangani haqida xabar bergan edik.
Kecha, 20 fevral soat 18:00 holatiga ko‘ra, jabrlanuvchi, deb topilgan va moddiy zarar undirilishi belgilangan fuqarolarning 872 nafariga 16,5 milliard so‘mdan ortiq pul mablag‘lari to‘lab berildi. Ulardan 845 nafari plastik karta ko‘rinishida, 27 nafari esa naqd pul shaklida olgan.
Xususiy bandlik agentligidan jabrlanganlarga pul mablag‘larini to‘lab berish jarayoni davom etmoqda, deya ma’lum qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.