Eng omadsiz odamlar

Bu odamlar haqiqatan ham dunyodagi eng omadsiz odamlardir! Bu baxtsiz hodisalarning barchasi ular bilan sodir bo‘lishi mumkinligiga ishonib bo‘lmaydi.

Jon Lin

 “Musibat” laqabli Jon Lin shu qadar tez-tez muammoga duch kelganligi sababli unga shu laqab berildi. Jon jami 16 ta yirik baxtsiz hodisani boshdan kechirdi, jumladan, tez yordam mashinasidagi aravadan yiqilib ketganida, shu zahotiyoq uni mashina bosib ketdi.

U daraxtdan yiqilib, qo‘lini sindirgan, yashin urishidan omon qolgan, o‘pirilish sodir bo‘lgan paytda shaxtada bo‘lgan va katapultadan otilgan tosh uning boshiga kelib urilgan. Lin hatto avtobus halokatidan omon qoldi,  botqoqlikka cho‘kdi, shundan so‘ng shifokorlar uning oshqozonini yuvib, tanasini dezinfeksiya qilishiga to‘g‘ri kelgan edi.

Roy Sallivan

Roy Sallivanni hayotida jami yetti marta chaqmoq urgan. Bunday zarbalardan omon qolish ehtimoli nolga teng. Bir martasiga chaqmoq hatto uning xotini bilan birga urdi. Shularning barchasiga qaramay, Roy 71 yoshgacha yashadi.

Kostis Mitsotakis

2012 yilda Ispaniyadagi bir qishloqning barcha aholisi mahalliy uy bekalari uyushmasi tomonidan tarqatilgan lotereya chiptalarini sotib oldi. Ma’lum bo‘lishicha, umumiy jamg‘armasi 600 million funt sterling bo‘lgan lotereyani Sodeto qishlog‘ining har bir fuqarosi yutib olgan. Faqat bir kishi - Kostis Mitsotakis ismli fuqaro bu umumiy quvonchga sherik bo‘la olmadi. Ajablanarlisi, tarqatuvchilar lotereya tarqatgan paytda qishloqdagi 70 ta uydan faqat Mitsotakisning uyini chetlab o‘tishgan ekan. Ushbu holatdan so‘ng hatto sevgilisi uni tashlab ketdi.

Enn Hojes

Odatda meteoritlar Yer yuzasiga yetib bormasdan atmosferada yonib ketadi. Mabodo yetib kelsa ham, biror bir cho‘l yoki okeanga tushadi. Insoniyat tarixida faqat bir marta meteorit odam ustiga tushgan holat 1954 yilda, amerikalik Enn Hojes divanda uxlab yotganida, tomini teshib, uning sonini jarohatlaganida sodir bo‘ldi.

Melaniye Martinez

So‘nggi 50 yildagi to‘rtinchi dovul uni xonavayron qilganidan so‘ng, Melaniye Martinez Amerikadagi eng omadsiz ayol deb nomlandi. Uning uylari Betsi (1965), Xuan (1985), Jordj (1998) va Katrina (2005) dovullari tomonidan vayron qilingan. 2012 yilda “Isaak” to‘fon ham uning beshinchi va oxirgi uyini chetlab o‘tmadi.

Jon Ueyd Agan

47 yoshli erkak taksi haydardi, kunlarning birida yo‘lovchilar uni qurol bilan qo‘rqitib talon taroj qilishdi va uni mashinasi yukxonasiga qamab ketishdi. 2008 yilda ko‘chadagi mushtlashishda qassob pichog‘i uning ko‘kragiga sanchildi. 2009 yilda Joy bir vaqtning o‘zida uni ikkita ilon chaqqanligi haqida da’vo qildi. 2011 yilda u Floridadagi uyida uy telefonida kim bilandir gaplashayotgan paytda chaqmoq urib ketgani haqida xabar bergan.

Vilmer Maklin

Amerika fuqarolar urushi tom ma’noda shu odamning ko‘z o‘ngida o‘tdi. Vilmer Maklinga tegishli Bull Run qishlog‘i yaqinida joylashgan ferma dastlab birinchi urush, bir yildan so‘ng esa ikkinchi urush guvohi bo‘ldi. Hammasi bo‘lib unga tegishli yerlarda 20 000 kishi halok bo‘ldi. U urushdan qochishga qaror qildi va Virjiniyaga ko‘chib o‘tdi, biroq urush ham unga ergashdi. Yakuniy janglardan biri Maklinga tegishli uning yangi mulki hududida bo‘lib o‘tdi va hatto sulh ham uning mehmonxonasida imzolandi!

Robert Todd Linkoln

AQShning bir nechta prezidentlari bilan shaxsan tanish bo‘lgan Robert Todd Linkoln afsonaviy prezident Avraam Linkolnning to‘ng‘ich o‘g‘li edi. 1865 yilning 14 aprelida 22 yoshli Robert Vashingtondagi Ford teatrida aktyor Jon But tomonidan otasining o‘ldirilishiga guvohi bo‘lib, baxtsizlikni boshdan kechirdi. 1881 yilning 2 iyulida u prezident Jeyms Garfildning o‘ldirilishi guvohiga aylandi. Ko‘p o‘tmay, prezident Uilyam MakKinli ham otib o‘ldirildi va Robert bu qotillikni ham o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Shundan so‘ng Linkoln davlat xizmatidan butunlay voz kechdi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.