Samarqanddagi tug‘ruqxonada nega chiroq yo‘q? Onalar esa operatsiya stolida!
- 04.11.2019 19:55
- 404
- Salomatlik

Ayni paytda Samarqand shahridagi 1-tug‘ruq majmuasida elektr ta’minotida uzilish ro‘y bergan. Bir nechta onalar operatsiya stolida. Ammo shifokorlar «ikki dunyo oralig‘i»dagi bu onalarga yetarlicha yordam ko‘rsatolmayapti.
Ayni damda onalar saytga murojaat qilib, holatni bayon etdi. Ularning aytishlariga qaraganda, kunduzi ham shu holat ro‘y bergan. Bosh shifokorning sa’y-harakatlari bilan chiroq yongan. Ammo ayni paytda elektr ta’minoti korxonasidagilar bu qo‘ng‘iroqlarga befarqlik qilyapti.
Xo‘sh, shahar markazidagi bu tug‘ruqxonada nega bunday muammolar bor? Bunga elektr ta’minoti korxonasi nima deb javob beradi?
Teglar:
tug‘ruq majmuasi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Suvalmagan qabr
- Kecha, 18:50
- Mutolaa
Xo‘ja Ismoilmi yoki Imom Al-Buxoriy?
- Kecha, 16:16
- Mutolaa