Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariqda bir kunda 367 holatda yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlandi

Joriy yilning 27 oktyabr kuni Payariq tumani hududida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Avtopatrul” reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan (jami 367 ta) 114 holatda qo‘pol qoidabuzarliklar, 69 tasida tegishli hujjatlarsiz va transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan boshqarish bilan bog‘liq, 6 ta quvib o‘tish qoidasini buzganlik, 35 ta odam tashish qoidasini buzish, 19 ta yo‘l-belgilariga rioya qilmaslik, 18 holatda avtomashinada o‘t o‘chirgich va aptechka yo‘qligi, 84 ta xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik, ikkitadan qarama-qarshi yo‘nalishni davom ettirish, svetoforning qizil chirog‘ida haratlanish hamda 132 vaziyatda boshqa turdagi qoidabuzarliklar aniqlandi. 71 ta transport vositalari jarima maydoniga qo‘yildi.

Boshqa harakat ishtirokchilarining xavfsizlik qoidalariga loqayd bo‘lmaganliklari uchun hamshaharlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.

Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmati.