Samarqandda harakat xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rmagan 82 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortilgan
- 02.02.2023 14:53
- 472
- Samarqand
Viloyat IIB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, ularga yo‘llarni saqlash qoidalarini buzgan hamda yo‘llarning qatnov qismida ta’mirlash ishlari olib borish jarayonida vaqtinchalik yo‘l belgilari va to‘siqlar o‘rnatib, harakat xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rmaganligi uchun ma’muriy choralar ko‘rilgan.
Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari (1154 ta) tahliliga asosan viloyat hududidagi avtomobil yo‘llarida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 2022 yilda yo‘l xo‘jaligi tashkilotlariga 53 ta, hududiy hokimliklarga 30 ta taqdimnomalar kiritilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yubiley to‘ylari kerakmi?
- Kecha, 16:14
- Jamiyat
Saratonga davo topishni maqsad qilgan qiz
- Kecha, 16:07
- Samarqand