Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

475 bemordan 6 nafarining ahvoli og‘ir

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalingan bemorlar haqida ma’lumot berdi:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan 2802 bemor ro‘yxatga olingan. Faqat oxirgi bir kunning o‘zida 67 nafar, hozirgi kunga qadar 2314 nafar, ya’ni 82 foizdan ortiq bemor to‘liq sog‘aygan va reabilitatsiya markazlariga o‘tkazilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda 475 bemor davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.

48 mingdan ko‘proq fuqaro karantin muddatlarini o‘tayapti. Oxirgi bir kunda 12 ming 800 dan ziyod, kasallik aniqlangan kundan bugunga qadar 515 mingdan ko‘proq laboratoriya tekshiruvlari amalga oshirilgan.

Karantin tadbirlari davom etyapti. Karantin tadbirlari bir muncha yumshatilganidan barchamiz xabardormiz. Endilikda siz bilan biz karantin tadbirlariga rioya etish orqali vaziyatni barqaror ushlab turishimiz yoki uni murakkablashtirib yuborishimiz mumkin. Shunday ekan, har birimiz o‘z xatti-harakatimizga mas’uliyat bilan yondashaylik.