Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Adolat”chilar kredit to‘lolmayotganlarga yordam berishni va ularni banklar “hamla”sidan qutqarishni rejalashtirmoqda

“Adolat” SDP deputatlari qonun tashabbuskorligi huquqlaridan foydalanib, “Ipoteka to‘g‘risida”gi qonunning 10-moddasiga qo‘shimcha kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Aytaylik, Siz bankdan uy sotib olish uchun ipoteka krediti oldingiz. Ammo kasal bo‘lib qoldingiz, ishdan bo‘shadingiz yoki farzand ko‘rganligingiz uchun ta’tilga chiqdingiz. Demak, sizda kreditni to‘lash qobiliyati yo‘qoldi. Bunday hollarda Ipoteka ta’tillari berish taklifini “Adolat” partiyasi deputatlari olg‘a surishmoqda.

Sizda tabiiy savol tug‘ilishi mumkin, Ipoteka ta’tili qancha muddatga berilishi mumkin?
Qonun loyihasiga ko‘ra, Ipoteka ta’tillari uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatga, lekin ipoteka davrida (kreditni so‘ndirib borish davri) uch martaga qadar berilishi, bir yilda bir marta kechiktirish huquqi shartnomaning shartida ko‘rsatilishi belgilanyapti.

Real hayotda kredit to‘lovini 3-4 kunga kechiktirsak, darhol bankdan ustma-ust qo‘ng‘iroqlar, avval o‘rtacha, keyin qo‘pol muomala, “aka (yoki opa) kreditni to‘lamasangiz, sudga berib, uyni tortib olamiz” qabilidagi iddaolar eshitasiz. Tabiiyki, bunday vaziyatda tanish-bilishlardan qarz qilib, bankka berasiz. Oqibatda uyda tinchlik bo‘lmaydi va hokazo. Endilikda, (“Adolat” partiyasi kiritgan qonun loyihasi qo‘llab-quvvatlansa) bankdan qo‘ng‘iroq bo‘lsa, javobingiz tayyor, ariza bilan Ipoteka ta’tili olishingizni ma’lum qilasiz, hech kimdan qarz ham olmaysiz.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Samarqand viloyati kengashi axborot xizmati.