Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Alisher Usmonov fondi O‘zbekistondagi "MISiS" filiali faoliyatini moliyalashtirishda davom etadi

Milliarder asos solgan jamg‘arma o‘z oldiga Olmaliqdagi "MISiS" filiali o‘quv jarayoniga chet ellik yetakchi soha mutaxassislarini jalb etishni, shuningdek, ushbu ta’lim dargohining material-texnik hamda axborot-resurs bazasini kuchaytirishni maqsad qilib olgan.

Taniqli biznesmen va metsenat Alisher Usmonov asos solgan "San’at, ilm va sport" xayriya jamg‘armasi "MISiS" Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filialiga uning faoliyatini yaxshilash va dars sifatini oshirishda har tomonlama yordam berishda davom etadi. Bu haqda tashkilotning bosh ofisi ma’lum qildi.

Xabarda ta’kidlanishicha, O‘zbekistondagi "MISiS" filiali loyihasini amalga oshirish jamg‘armaning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi va qisqa vaqt ichida tashkilot O‘zbekiston tomoni bilan ushbu masalada hamkorlikni kuchaytirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Xususan, jamg‘arma o‘quv jarayoniga chet ellik yetakchi soha mutaxassislarini jalb etish, shuningdek, ushbu ta’lim dargohining material-texnik hamda axborot-resurs bazasini kuchaytirishni maqsad qilib olgan.

Shu kunlarda Olmaliqdagi "MISiS" filiali 100 Mbit/s. tezlikka ega bo‘lgan internet tarmog‘iga ulangan. Natijada, oliygoh xalqaro ilmiy va ilmiy-tadqiqot ishlari elektron bazalari va kataloglarga, ilmiy va badiiy adabiyotlarga onlayn ulanishga muvaffaq bo‘lgan .