Alisher Usmonov: Men tarixiy Vatanim – Toshkentda o‘zimni “izolyasiya”ga oldim

O‘zbek millatiga mansub bo‘lgan taniqli milliarder Alisher Usmonov koronavirus bilan bo‘lib turgan vaziyat unga qanday ta’sir qilganligi va u ayni vaqtda qayerda ekanligi to‘g‘risida, Forbes’ga bergan intervyusida so‘zlab berdi.

“Shubhasiz, koronavirus pandemiyasi biznes bilan bir qatorda, afsuski, jahon iqtisodiyotiga ham ta’sir qiladi. Tadbirkorlarda nafaqat aktivlar, balki vazifalar ham mavjud. Ular uchun virus xavfi bilan birga, bozorlarni barqarorsizlantiradigan axborot oqimlari ham xavfli. Pandemiya oldida esa barcha barobar. Xudoyim, omon qolishni nasib et”, ta’kidladi u.

Ayni vaqtda qo‘shimcha qildi Alisher Burxanovich: “Odamlar salomatligi va baxti uchun dunyo davlatlari rahbarlari irodalarini namoyon etishlari va geosiyosiy qarama-qarshiliklarga qaramasdan, global xavf oldida birlashishlari zarur.

Menga keladigan bo‘lsak, xavf ortiq guruhga (kasallik yuqtirish xavfi) qarashli bo‘lganim sababli, tarixiy Vatanim – Toshkentda o‘zimni “izolyasiya”ga oldim”.