Milliarder Alisher Usmonovning iltimosidan so‘ng britaniyalik noshir “Putin odamlari” kitobiga o‘zgartirish kiritdi
- 29.12.2021 10:03
- 422
- Xorij
Tadbirkor vakilining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili chiqqan birinchi nashrda yolg‘on ma’lumotlar mavjud. Shunday qilib, tadbirkorning Britaniya elitasiga “pora berishga” uringani haqidagi fikr olib tashlandi, deb yozadi RBK gazetasi. Sud aralashuvisiz bir kelishuvga kelindi.
"Putin odamlari" kitobi Britaniyaning Financial Times gazetasining Moskvadagi sobiq muxbiri Ketrin Belton tomonidan yozilgan.
Kitob nashrdan chiqqach rossiyalik milliarderlar Mixail Fridman, Petr Aven, Roman Abramovich, shuningdek, tadbirkor Shalva Chigirinskiy va «Rosneft» kompaniyasi Harper Collins nashriyot uyiga qarshi sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishdi. Xabar qilinishicha, Fridman, Aven va Abramovich tuzatishlar kiritilishiga erishgan.
Teglar:
Alisher Usmonov
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa