Amerikada sodir bo‘layotgan tartibsizliklarda Rossiyaning qo‘li borligi aytilmoqda

AQSh Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Syuzan Rays mamlakatda yuz berayotgan tartibsizliklarda Rossiyaning “qo‘li bor”, degan taxminni ilgari surdi. Biroq Syuzan Rays so‘zlarini tasdiqlovchi biron bir asos keltirmadi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.

“Ular (Rossiya) ijtimoiy tarmoqlar orqali ikki tomon o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni vujudga keltirayotganini eshitsam, xayron qolmayman. Ular qandaydir yo‘llar bilan tartibsizliklarni moliyaviy qo‘llayotgan bo‘lsa ham ajablanmayman”, dedi Rays.

Shuningdek, u bunday fikrlarni o‘z tajribasiga tayanib aytayotganini ta’kidlab o‘tdi.