Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bilib qo‘ygan yaxshi: Eng zarur tibbiy o‘gitlar

  1. Iliq suv asal bilan ichilganda miyaga ko‘p foyda beradi.
  2. Yotishdan oldin sabzi iste’mol qilish sog‘liqqa foyda.
  3. Suvni uzoq qaynatish yoki qaynatilgan suvni yana qaynatib choy damlash juda zararli.
  4. Jigar xastaligini behi suvi davolaydi. Behi sharbatini kuniga 1-2 kosa ichish tavsiya etiladi.
  5. Har qanday kasallikni davolashni oshqozonni qatiq zardobi bilan yuvishdan boshlanadi.
  6. Ko‘k choy buyrakni yuvadi, undagi yallig‘lanishni davolaydi.
  7. Uyqudan oldin quyidagilarni iste’mol qilish mumkin: olma, bir qoshiq asal, bir stakan kefir yoki asal qo‘shilgan bir stakan iliqroq sut.
  8. Tez-tez qatiq zardobini ichib turish qonning ifloslanishi (uremiya) kasalligidan asraydi.
  9. Chumchuq va bedana sho‘rva odamni har taraflama baquvvat qiladi.
  10. Inson jigari to‘rt narsani: xom karam, tvorog, qattiq non, asalni yaxshi ko‘radi.
  11. Yozda tez-tez sovuq suvda yuvinib tursangiz, yuragingiz, jigaringiz ish faoliyati yaxshilanadi.
  12. Olma inson organizmiga barcha zarur narsalarni yetkazib beradi. Har kuni ikki dona olma yeyish kifoya qiladi.
  13. Oshqozon og‘riganda nahorda hamda yotish oldidan bir qoshiq dog‘langan zaytun moyi ichish tavsiya etiladi.
  14. Doim ko‘k choy ichib, sariq sabzi yeb yurgan odam saraton kasaliga chalinmaydi.