Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bir sutkada 614 534 ta koronavirusni yuqtirish holati qayd etildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 68 million 165 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. Shundan, 1 million 557 mingdan ziyod kishi vafot etgan (2020 yil 10 dekabr, Yevropa vaqti bilan soat 17:46 holatiga). 

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 614 534 yangi holati aniqlandi, 11 983 nafar bemor vafot yetdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (2020 yil 11 dekabr Toshkent vaqti bilan soat 10:26 holatiga) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 69 million 592 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 581 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda 14,972 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (9,767 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Braziliya (6,674 milliondan ortiq), to‘rtinchi o‘rinda Rossiya (2,541 milliondan ortiq), beshinchi o‘rinda esa Fransiya (2,269 milliondan ortiq).