Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bishkekda norozilik namoyishlari to‘xtadi

Bishkekda ommaviy namoyishlar va tartibsizliklar to‘xtadi. Har kuni bir necha minglab odam yig‘iladigan maydonlar bo‘shab qoldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

O‘n kundan ortiq vaqt davomida odamlar deyarli har kuni shaharning markaziy qismida yig‘ilib, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov va parlament spikeri Kanat Isayev itse’fosini talab qilishdi. Shu bilan birga, mamlakatning yangi Bosh vaziri Sadir Japarovni qo‘llab namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Ayni vaqtda Bishkekdagi barcha namoyishlar to‘xtadi. Hukumat uyi oldidagi maydon bo‘shab qoldi. Shuningdek, Qirg‘iziston rahbari qarorgohi yonida ham namoyishchilar yo‘q. Maxsus xizmat tuzilmalari, umumiy shtab va davlat xavfsizligi idoralari binolari yaqinidagi vaziyat tinch.

Eslatib o‘tamiz, 15 oktyabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov o‘z iste’fosini e’lon qildi. 16 oktyabr kuni hukumat va prezidentlik vakolatlari to‘laligicha mamlakat Bosh vaziri Sadir Japarov qo‘liga o‘tdi.