Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Buxoro xonguli bug‘usi «Zarafshon»da ko‘paymoqda

Davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi Zarafshon milliy tabiat bog‘i o‘zining betakror tabiati bilan ajralib turadi.

Bog‘ hududi 2,5 ming gektarni tashkil etib, turli noyob hayvonlar, parrandalar, dov-daraxtlari bilan omma qiziqishini orttiradi.

Ayniqsa, Buxoro xonguli bug‘usi bog‘ning eng nodir jonzoti hisoblanadi. Ayni paytda bog‘da voler usulida 28 ta xonguli parvarishlanmoqda. Ochiq sharoitda muhofazaga olingan bug‘ular soni qirqdan ortiqni tashkil qilmoqda. Joriy mavsumda ochiq sharoitdagi bug‘ular o‘ttizdan ortiqqa ko‘paygan. Shuningdek, bog‘ning 10 gektar maydonida turli manzarali daraxt ko‘chatlari ko‘paytirilmoqda.

Bog‘ xodimi Xidir Eraliyevning ta’kidlashicha, hududda ekoturizmni rivojlantirish uchun 3 gektar maydon ajratilib, u yerda maxsus dam olish maskani bunyod etilmoqda.

Suratlarda Zarafshon milliy tabiat bog‘idan lavhalar aks ettirilgan.

Alisher ISROILOV olgan suratlar.