Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Elmira Bositxonova Nukusda uyushtirilgan namoyishni o‘rganish uchun Qoraqalpog‘istonga yo‘l oldi

Shu yil 5 avgust kuni www.asiaterra.info saytining Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida 1 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida — Ivan Savitskiy nomidagi muzey ro‘parasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Tileo‘biyke Uldasheva hamda Perizat Begjanova bugungi tizimdan, Qoraqalpog‘istondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan norozi bo‘lib kelishilmagan namoyishga chiqqani va buning ortidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ularga hamda piketni tasvirga olmoqchi bo‘lgan boshqa fuqarolarga nisbatan bosim ishlatilgani haqida xabar joylashtirildi.

Natijada qisqa vaqt mobaynida ijtimoiy tarmoqda “V Nukuse na ploщadi Svobodi razognali aksiyu protesta” sarlavhali mazkur maqola qahramonlariga achinish va ularni yoqlovchi, mamlakat rahbariyati hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi sha’niga dog‘ tushiruvchi 25 ta izoh va 125 ta layk hamda dizlayk qoldirilgan.

Ushbu xabar 200 ga yaqin internet foydalanuvchisi tomonidan ulashilgan.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova voqeani joyiga chiqib o‘rganish va bu ayollarning huquqlarini muhofaza qilish, muammolariga hududdagi rahbarlar bilan birgalikda yechim izlash maqsadida 7 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga boradi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Matbuot xizmati uchrashuv yuzasidan batafsil xabar berilishi haqida ma’lum qilgan.