Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Endi o‘qotar qurollar Milliy gvardiya organlari tomonidan litsenziyalanadi

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (568-son, 09.07.2019 y.). Bu haqda huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

Kiritilgan o‘zgartirishlar qo‘riqlash xizmati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya organlariga o‘tganligi bois ba’zi ob’yektlarni qo‘riqlashga Milliy gvardiya organlari mas’ul ekanligini nazarda tutadi.

Xususan, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganlarni majburiy davolashga ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarini, diplomatik vakolatxonalarni qo‘riqlash shular jumlasidandir.

Shuningdek, ov va sportga mo‘ljallangan o‘qotar qurolni hamda uning o‘q-dorilarini, shuningdek tig‘li qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyati endilikda Milliy gvardiya organlari tomonidan litsenziyalanadi.

Ilgari Ichki ishlar vazirligi tomonidan litsenziyalangan.