Familiyani o‘zgartirish ancha qimmat ekan

Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Urganch tumani FHDYo bo‘limi mudirasi M.A. xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro X.Q.ning familiyasini o‘zgartirib berish evaziga dastlab 300 ming so‘mlik kanselyariya mollari va 100 ming so‘m pul olib, keyinchalik shu xizmati uchun yana 500 ming so‘m pul talab qilib, olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.