Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Giyohvandlik insonni tez qaritadi

Bugun Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Odam savdosi va giyohvandlikka qarshi kurashaylik!” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
- Giyohvandlik oqibatini tuzatgandan ko‘ra, uning oldini olgan yaxshi, - dedi viloyat narkologiya dispanseri shifokori G.Jalilova. - Giyohvand moddalarni iste’mol qilish holati 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan odamlarda ko‘p uchraydi. Achinarlisi, giyohvandlikka ayollar ham ruju qo‘ymoqda. Giyohvand moddalarni qabul qilish odamning tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir qiladi, insonning tez qarishiga olib keladi.

Tadbirda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi, narkologiya dispanseri mutaxassislari talabalarga giyohvandlikning noxush oqibatlari haqida fikr-mulohazalar bildirishdi.

Shohruh JALILOV,
Camarqand iqtisodiyot va servis instituti axborot xizmati.