Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kinoga tushdingizmi?

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasi Samarqand viloyati filiali tomonidan shahar va qishloqlarda milliy kinofilmlar namoyish etilmoqda.

– Shu paytgacha joylarda ko‘chma kinoteatrlar orqali “Vatan manzillari” rukni ostida ishlangan yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari, muqaddas qadamjolarning obod etilgani haqidagi hujjatli filmlar hamda “Tinchlik ortida”, “Elparvar”, “Islomxo‘ja” singari vatanparvarlik va tarixiy mavzulardagi badiiy filmlar namoyish etildi, – deydi “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasi Samarqand viloyati filiali rahbari F.Roziqov. – Bu filmlarni 6 mingdan ortiq tomoshabinlar tomosha qildi. 12 avgustdan boshlab ushbu kinokartinalarni Samarqand shahridagi “Sharq yulduzi” kinoteatrida imtiyozli narxlarda  namoyish etish rejalashtirilgan.