Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Maska" kiyib dorixonani o‘margan jinoyatchilar qo‘lga olindi

Toshkent shahrida 2019 yil 21 noyabr kuni taxminan soat 01:10 larda 26 yoshli N.M., 25 yoshli I.X. va 23 yoshli N.I.lar o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashgan. Yuzlarini tibbiyot niqobi bilan berkitgan holda Chilonzor tumanining 18-mavzesidagi MChJga qarashli dorixonaga kirgan va sotuvchi, 28 yoshli X.M.ning yuziga urib, sumka ichidagi 16.500.000 so‘m va kassadagi 1.500.000 so‘m pullarni qo‘lga kiritgan hamda hodisa joyidan yashiringanlar.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida I.X. jinoiy sheriklari bilan birga ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida I.X., N.M. va N.I.larga nisbatan JKning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.