Qo‘shnisini tunagan ayol qo‘lga olindi
- 03.08.2020 08:42
- 238
- Jinoyat va jazo
Chust tumani “Qorakapa” mahallasida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Arizada 4 iyul kuni soat 10:00 dan 11:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning hovlisiga kirib, qaynonasiga tegishli bo‘lgan sumka ichidan hisobida 2.100.000 so‘m mablag‘i bo‘lgan plastik karta hamda 250.000 so‘m pullarni o‘g‘irlab ketganini bayon qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB tezkor vakili va milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi tezkor navbatchisi tomonidan hamkorlikda olib borilgan qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, arizachining bir devor qo‘shnisi bo‘lgan 1986 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan va xolislar ishtirokida undan daliliy ashyolar olingan.
Hozirda holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.