Ruhiy kasal fuqaro begona xonadon sohibini pichoqlab o‘ldirdi
- 26.11.2019 21:21
- 313
- Jamiyat
Bu haqida Bosh prokuraturaning axborot xizmati xabar berdi.
2019 yil 25 noyabr kuni soat 00:30 larda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Ulug‘vol ko‘chasida ruhiy kasal, 1989 yilda tug‘ilgan S.N. begona xonadonga adashib kirib qoladi.
Oqibatda xonadon egasi, 1965 yilda tug‘ilgan M.Yu. bilan janjallashib, uni oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan shu kuni S.N.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda u ushlangan.
Teglar:
jinoyat va jazo