Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Osiyo chempionati-2020 saralashiga yo‘l oldi

6-10 noyabr kunlari Saudiya Arabistonida U-19 Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkaziladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’um qildi.
Saralash bahslariga hozirlik jarayonini yakunlagan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Xobar shahriga yo‘l oldi.
O‘zbekiston U-19 terma jamoasi saralashning “F” guruhidan o‘rin olgan va guruhda Saudiya Arabistoni, Hindiston hamda Afg‘oniston terma jamoalari bilan bahs olib boradi. U-19 Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari Saudiya Arabistonidagi Xobar shahrida o‘tkaziladi.

6 noyabr
21:05 | Saudiya Arabistoni – Afg‘oniston
17:05 | O‘zbekiston – Hindiston

8 noyabr
17:05 | Afg‘oniston – O‘zbekiston
21:05 | Hindiston – Saudiya Arabistoni

10 noyabr
21:05 | Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston
17:05 | Hindiston – Afg‘oniston

Barcha uchrashuvlar Xobar shahridagi “Shahzoda Saud bin Jalavi” stadionida o‘tkaziladi.