O‘zLiDeP raisi va’dasining ustidan chiqdi

Deputat ko‘magida 1-guruh nogironi Saydulla Umarov uyining tomi shiferlanadigan bo‘ldi.
Gap shundaki, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati, O‘zLiDeP viloyat kengashi raisi Sherali Yuldashev Kattaqo‘rg‘on tumanidagi olis Jizmonsoy mahallasida yashovchi kam ta’minlangan oilalar bilan o‘tkazgan uchrashuvlarda, 1-guruh nogironi Saydulla Umarov uyining tomi shifer qilinmaganligi tufayli yog‘inli kunlarda chakka o‘tishidan shikoyat qilgan edi. Deputat uchrashuvda saxovatli tadbirkorlar ko‘magida uyning tomini shifer qilishda ko‘mak berishiga va’da berdi.
Saxovatpesha tadbirkor yordami bilan S.Umarov oilasiga 60 dona shifer yetkazib berildi.
- Muborak Ramazon oylarida ehtiyojmand oilalarga yordam qo‘lini cho‘zish xalqimizga xos qadriyatlardan biri, - deydi Sh.Yuldashev. - Faxr bilan ayta olamanki, bugungi pademiya davrida partiyamizning asosiy elektorati bo‘lgan tadbirkorlar kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak berish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda tashabbuskor bo‘lishmoqda. Partiyamiz deputatlari tomonidan o‘rganilgan ehtiyojmand oilalar ro‘yxati shakllantirilib, ularni ko‘proq qamrab olish uchun manzilli qo‘llab-quvvatlashga hakarat qilyapmiz. Shuningdek, ularning yashash sharoitini yaxshilash va kambag‘allikdan chiqarish, mehnatga jalb qilish maqsadida sharoitiga qarab, jo‘jalar, tomorqa uchun ko‘chatlar, sabzavot va poliz ekinlari urug‘lari ham yetkazib berilmoqda.
Baxtigul QARShIYeVA.