Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘lingizdan keladigan yigirmata foydali ish

Sog‘lom turmush tarziga erishish uchun psixologlar quyidagi 20 ta foydali ishni kun tartibiga kiritishni tavsiya etishgan:

1. Doim bir xil vaqtda uxlang, bir xil vaqtda uyg‘oning.
2. Nonushta, tushlik, kechki ovqatni har kuni bir vaqtda tanovul qiling.
3. Bir sutkada 8 soatdan ko‘p uxlamang.

4. Yotishdan oldin bir oz piyoda yuring, toza havodan bahramand bo‘ling.
5. Kun davomida kamida 1,5 litr suv iching.
6. Har kuni meva-sabzavotlar yeng.

7. Yotishdan oldin bir stakan qatiq iching.
8. Kun davomida kompyuterdan 2 soatdan ortiq foydalanmang.
9. Tashqi ko‘rinishingizga e’tibor bering.

10. Saharda yuguring yoki piyoda yuring.
11. Sport bilan shug‘ullaning.
12. Tabassum qiling.

13. Har kuni 5 ta yangi so‘z o‘rganing.
14. Har kuni uyingizni tartibga soling, keraksiz narsalardan voz keching.
15. Ertalabki badantarbiyani kanda qilmang.

16. Har kuni yangi narsa o‘rganishga harakat qiling, bugungi kuningiz kechagisidan farq qilsin.
17. Har kuni kamida 10-15 sahifa kitob o‘qing.
18. O‘zingizda sabr-qanoat fazilatini shakllantiring.

19. Insonlarga chiroyli muomalada bo‘ling.
20. Faqat yaxshi niyat qiling.

"Baxtli hayot sari" kitobidan.