Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘istonda ayol-qizlar o‘rtasida Qur’oni karim musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Qozog‘iston musulmonlari idorasi tomonidan Olmota markaziy masjidida ayol-qizlar o‘rtasida “Yosin” surasini qiroat qilish bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqa Qur’oni karim tilovati bilan boshlanib, Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari, muftiy noibi Baurjon Yesmaxon duolari va musobaqa haqidagi fikrlari bilan davom etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qur’oni karim musobaqasida 14 nafar ayol-qizlar ishtirok etdi. Musobaqada birinchi o‘rinni egallagan Batirbekova Nazerkega 50 ming tenge miqdorida pul mukofoti topshirildi.

Ikkinchi o‘rin sohibasiga 30 ming, uchinchi o‘ringa 20 ming tenge pul mukofotlari topshirildi.