Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

RASMAN: Ijodiy + test olinadigan yo‘nalishlarda ijodiy imtihon bo‘lmaydi

2020-2021 o‘quv yili qabuli bo‘yicha test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar diqqatiga:

Pandemiya sharoitini inobatga olib, Respublika Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar avvalgi yillarda olingan mos fan bo‘yicha TEST SINOVLARI BILAN ALMAShTIRILDI.

Shu munosabat bilan “Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari”ga tegishli  qo‘shimchalar kiritildi.