Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahridagi Amir Temur ko‘chasi 202-uyda yashovchilar yangi “mini-stadion”dan norozi

Telegramimizning @Zarafshonbot manziliga Samarqand shahar Amir Timur ko‘chasi, 202-ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolar nomidan murojaat yo‘llandi.

Sherzod Karimovning telegram sahifasidan yuborilgan xatda yozilishicha, 2016 yilda barpo etilgan ushbu ko‘pqavatli uydagi xonadon sohiblarining farzandlari uchun hududda sun’iy qoplamali kichik futbol maydonchasi ham qurilgan.

Ammo mazkur maydonchaning yer osti qismi zichligi (trambovkasi) me’yorida ta’minlanmagani, yomg‘ir suvlari to‘planishi, maxsus oqava suv lotoklarining o‘rnatilmagani oqibatida 30-40 santimetrgacha cho‘kkan. Mazkur sabablar tufayli 1,5 yildirki, maydonchaning sun’iy qoplamasi yig‘ib tashlangan. Tevarak-atrofdagi ko‘pqavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning farzandlari bugun ushbu mini-stadion imkoniyatlaridan foydalana olishmayapti.

O‘ylaymizki, ushbu masalaga Samarqand shahar hokimligi va tegishli tashkilotlar mutasaddilari munosabat bildiradi.