Samarqand viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasiga kim rahbar bo‘ladi?

Ertaga – 21 fevral kuni soat 11:00 da Samarqand viloyat hokimligida xalq deputatlari viloyat Kengashining uchinchi sessiyasi bo‘ladi.
Sessiya ishida Prezidentimizning 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining Samarqand viloyati boshqarmasiga rahbar va uning o‘rinbosarlari tasdiqlanadi.
Sessiyada boshqa masalalar ham ko‘rilishi kutilmoqda.
Saytimizni kuzatib boring. Bu haqda batafsil ma’lumot beramiz.