Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda boshqarma va tashkilotlar ishchi-xodimlari o‘rtasida “Viloyat hokimi kubogi uchun” musobaqalar o‘tkaziladi

Joriy yilning 3-5 dekabr kunlari Samarqand viloyatidagi boshqarma va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida “Viloyat hokimi kubogi uchun” erkaklar o‘rtasida mini futbol va ayollar o‘rtasida valeybol musobaqalari o‘tkaziladi.

Mazkur musobaqa Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom-turmush tarzini shakllantirish hamda ularning ommaviy sportga bo‘lgan qizishini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Musobaqaning mini futbol bellashuvi Samarqand shahridagi sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida, voleybol musobaqalari Samarqand davlat universiteti akademik litseyi sport zalida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun 2 dekabr kuni soat 15:00 da viloyat Matbuot uyida ishtirokchilar uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.