Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda yana 17 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar, Samarqand viloyatida 17 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

❗️Qoraqalpog‘istonda sog‘ayganlarning barchasi uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashinasi haydovchilari bo‘lib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali yurtimizga kelgan.Tahlil natijalariga ko‘ra, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Hududlar bo‘yicha olidagan bo‘lsak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy hamda Samarqand viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 36 yoshda, yoshi kichigi esa 23 yoshda.

Endilikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuzalganlar 122 nafarga yetdi, davolanayotganlar esa 9 nafarni tashkil etmoqda. Ya’ni, Qoraqalpog‘iston koronavirusdan holi hudud bo‘lishga juda yaqin turibdi.

Samarqandda Tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (6 nafari Oqdaryo tumanidan, Samarqand shahri va Samarqand tumanidan 4 nafardan, Ishtixon, Payariq va Toloq tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ulardan 8 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 67 yoshda, yoshi kichigi esa 2020 yilda tug‘ilgan chaqaloq. Endilikda viloyatda  sog‘ayganlar 247 nafar, davolanayotganlar 90 nafar tashkil etmoqda.

❗️Shunday qilib, bugun hozirga qadar 21 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2586 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.