Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi ta’mirtalab maktab aks etgan video 3 yil avval olingan

Kecha, 8 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ayrim sinfxonalaridagi ta’mirtalab holat aks etgan video tarqaldi.

Ushbu holat viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan o‘rganilganda, ayni paytda 40-umumta’lim maktabida bunday sinfxona yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

1420 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olayotgan mazkur umumta’lim maktabida 25 ta sinfxona mavjud bo‘lib, ular 2017 yil iyun oyida to‘liq ta’mirlangan. Video esa o‘sha ta’mirlash ishlaridan avval tasvirga olingan.

O‘tgan yillar davomida maktabga viloyatdagi tugatilayotgan kasb-hunar kollejlaridan parta va stol-stullar olib kelingan. Bu boradagi muammolar ham oldindan bartaraf etilgan.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.