Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddan 229 kishi Haj ziyoratiga jo‘nab ketdi

Viloyatimizdan Muqaddas Haj safariga otlangan ziyoratchilarning 229 kishidan iborat dastlabki guruhi bugun erta tongdan “Samarqand” xalqaro aeroporti orqali Saudiya Arabistonining Madina shahriga jo‘nab ketdi.

– O‘zimni dunyodagi eng baxtli insonlardan biriday his qilyapman, – deydi Samarqand shahrida yashovchi 65 yoshli onaxon Z.Ismatova. – Shunday dorilomon kunlarga yetkazganiga shukr. To‘rt nafar farzandni uyli-joyli qilib, 12 nabira va 4 evaraning buvisi sifatida Haj ziyoratiga yo‘l oldim. Bir umrlik orzuyim amalga oshadigan bo‘ldi.  

Aeroportda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari M.Komilov va Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari D.Mamatqulov ziyoratchilarni kuzatib qo‘ydi.

Ziyoratchilarning 230 kishidan iborat keyingi guruhi joriy yilning 28 iyul kuni Haj safariga yo‘l oladi.