Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik basketbolchi yoshlar Respublikada tengsiz deb topildi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tashabbusi bilan sportning basketbol turi bo‘yicha Respublika birinchiligi musobaqalari o‘tkazildi.

Murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, viloyatimizning yosh basketbolchilar jamoasi musobaqada 1-o‘rinni egalladi. Vakillarimiz Sirdaryo viloyati jamoasini 82:38, Xorazm viloyati jamoasini 66:48, Namanganlik tengdoshlarini 78:73 hisobida yengishdi.

Tohir SAMEDOV.