Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan xalqaro Qur’oni karim musobaqasida qorilarimiz qatnashadi

Shu yilning 7-11 sentyabr kuni Qur’oni karimni yoddan o‘qish va tafsir qilish  bo‘yicha  Saudiya Arabistonining  Makka shahrida  41-xalqaro Qur’oni karim musobaqasi o‘tkaziladi.

Mazkur musobaqa quyidagi 4 yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi:

  1. Qur’oni karimni tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qib berish bilan birga Qur’oni karim so‘zlarining ma’nolarini bilish.
  2. Qur’oni karimni tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qib berish.
  3. Qur’oni karimning 15 porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish.
  4. Qur’oni karimning 5 porasini tajvid qoidasi bilan chiroyli ohangda o‘qib berish. Bu yo‘nalish Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lmagan va musulmonlar kamchilik bo‘lgan davlatlar ishtirokchilari uchundir. Musulmon davlatlar vakillari ushbu yo‘nalishda qatnasha olmaydi.

Ma’lum qilinishicha, bu yilgi musobaqada 103 ta davlatdan 146 nafar vakillar ishtirok etadi.

Yurtimizning 2 nafar vakili Toshkent islom instituti talabasi Husniddinov Zuhriddin qori va Buxoro shahridagi “Mir Arab” oliy madrasasi talabasi Orifjonov Abduraufxon mazkur musobaqada ishtirok etish uchun shu yilning 3 sentyabr kuni Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.